Prokuratura tekshiruv boshladi: Qibraydagi zaharlanish tafsilotlari ochiqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 1 dekabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida 16 kishining zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat anchayin chigallashib ketdi. Dastlab Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti zaharlanish is gazidan ekanini ma’lum qildi. Departament ma’lumotidan keyin, “Hududgazta’minot” o‘z tekshiruvi natijasini e’lon qilib, zaharlanish konservadan ekanini aytdi.

Tergov departamenti “Hududgazta’minot” raddiyasiga uzoq kuttirmay javob qaytardi. Deparatment mazkur vaziyat yuzasidan QALAMPIR.UZ`ga batafsilroq ma’lumot berdi. Unda 16 kishi is gazidan zaharlangani bo‘yicha aniq dalil borligi aytiladi.

1 dekabr kuni soat 11:30 da Qibray tuman tez tibbiy yordam xizmatidan tuman IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 07:40 da Qibray tumani, Yangiobod QFY, Alisherobod MFYdagi uylarning birida yashovchi fuqaro G‘.Bning oilasi is gazidan zaxarlanganligini haqida xabar kelib tushgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ma’lumotnomasiga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan O‘.Z., 1965 yilda tug‘ilgan D.B., 2009 yilda tug‘ilgan I.X., 2012 yilda tug‘ilgan D.X, 2012 yilda tug‘ilgan D.M., 2014 yilda tug‘ilgan X.M. va X.M.lar, ya’ni G.B.ning jami 7 nafar oila a’zolarida “is gazidan o‘tkir zaharlanishning yengil darajasi” tashxisi va qonlaridan 9-14 foiz darajada is gazi miqdori aniqlanib, ularga nisbatan toksikologiya bo‘limi tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, fuqaro G.B.ning 9 nafar oila a’zolari, ya’ni 1987 yilda tug‘ilgan M.B., 1992 yilda tug‘ilgan D.B., 1986 yilda tug‘ilgan M.T., 1990 yilda tug‘ilgan D.X., 2019 yilda tug‘ilgan I.A., 2017 yilda tug‘ilgan A.A., 2017 yilda tug‘ilgan O.P. va 2013 yilda tug‘ilgan R.B.ning qonidan 6-8 foiz darajada is gazi miqdori aniqlangan bo‘lsa-da, o‘tkir zaxarlanish tashxisi qo‘yilmagan. 

Holat yuzasidan jarohat olgan va vafot etganlar yo‘q bo‘lib, jabrlangan fuqarolarga tegishli tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va yashash manziliga ambulator davolanish uchun qaytarilgan. 

Hodisa sodir bo‘lgan joyiga tergov-tezkor guruhi, shuningdek favqulodda vaziyatlar, hududiy gaz va elektr ta’minoti korxonalari mas’ul hodimlari hamda sohaviy xizmat vakillari chiqishgan.

Hozirda holat bo‘yicha Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

zaharlanish Qibray

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made