Farg‘onada butun bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani, “Obod” MFY hududida yashavchi oila (er-xotin va ularning ikki nafar qizi) is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  

Holat joriy yilning 15 dekabr kuni soat 13:00 larda sodir bo‘lgan. Ko‘zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonning yotoqxona va yuvinish xonalari qo‘lbola usulda temirdan yasalgan isitish pechiga tabiiy gaz tarmog‘i tortilib, isitilib kelingani, yashash xonasi eshik va deraza romlari alyuminiy profildan ishlangani ma’lum bo‘lgan.
 
Yong‘inga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy bo‘limi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga ko‘ra, ko‘zdan kechirishda mazkur qo‘lbola isitish pechlarida tabiiy gaz yoqilgan holatda bo‘lgani, uning dud buroni nostandart holatda tashqariga chiqarilgani va oqibatda gaz to‘liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz tarqalishiga sababchi bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqarolar M.M va N.J hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari M.A va I.Mlarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida yuzaga kelganligi aniqlangan.

Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 51 yoshli erkak va uning 49 yoshli turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

zaharlanish Farg'ona is gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing