Toshkentda byudjetga 934,9 mln so‘mlik zarar yetkazgan issiqxonalar aniqlandi
3-sahifa
−
16 mart
4546Toshkent shahar Yunusobod tumani va Toshkent viloyati Qibray tumanida 934,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar faoliyati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Xasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlagan. Bu orqali davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Shu kabi, departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A.” MCHJ rahbari D.S. MCHJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan yashirin ohak sexi fosh etilgandi.
LiveBarchasi