Rad qilingan erkak ayoldan 2,3 mln dollar undirish uchun sudga arz qildi
Bu qiziq
−
02 fevral 2023
13430Rad etilgan singapurlik erkak tanish ayoli tomonidan unga ruhiy jarohat yetkazilgani uchun tovon to‘lashni so‘rab sudga murojaat qildi. Erkakning ta’kidlashicha, u ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lishni xohlagan, ayol esa u bilan shunchaki do‘st bo‘lishni afzal ko‘rgan. Bu haqda “The Straits Times” xabar berdi.
2016 yilda K.Kavshigan Nora Tan bilan tanishgan. Vaqt o‘tishi bilan singapurliklar do‘st bo‘lgan. 2020 yil sentyabr oyida ular o‘rtasida munosabatlarga bo‘lgan qarashlaridagi farq tufayli kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshladi.
Bir necha tushunmovchilik va tahdidlardan so‘ng ayol u bilan munosabatlarni uzgan. Shundan keyin erkak Noraga qarshi ikkita da’vo qo‘zg‘atgan. Erkak o‘z shikoyatida ayol uning obro‘siga putur yetkazganini va uni ruhiy tushkunlikka olib kelganini aytib, 3 million Singapur dollari (qariyb 2,3 million AQSH dollari) miqdorida tovon puli talab qilgan. U yana bir shikoyatda munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuvni buzganlik uchun 22 ming Singapur dollari (qariyb 17 ming AQSH dollari) miqdorida kompensatsiya so‘ragan.
Yanvar boshida sud ikkinchi da’voni qabul qilishdan bosh tortdi. Sud registratorining o‘rinbosari Lyuis Tanning aytishicha, Kavshiganning da’vosi asossiz va bu da’voni suiiste’mol qilishdir. Birinchi da’vo bo‘yicha dastlabki sud majlisi 9 fevralga belgilangan.
LiveBarchasi