Rahmonaliyev “Old Trafford”da, Husanov Portugaliyada: YeCHL taqvimi e’lon qilindi

Sport

image

UEFA o‘zining rasmiy veb-saytida 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasi mavsumining umumiy bosqichi to‘liq taqvimini e’lon qildi.

Unda o‘zbekistonlik futbolchilar Umarali Rahmonaliyev va Abduqodir Husanovni Chempionlar ligasining birinchi turida qayerda o‘tkazishini bilib oldi. Rahmonaliyev jamoasi bilan dastlabki turda Manchesterdagi mashhur “Old Trafford” stadioniga tashrif buyurib, “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi. Husanov esa o‘z klubi bilan Portugaliyaga safar qilib, u yerda mahalliy “Portu” jamoaga qarshi bahs olib boradi.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichida har bir jamoa sakkiztadan o‘yin o‘tkazadi – to‘rttasi o‘z maydonida va to‘rttasi safarda.

Yangi mavsumdan boshlab klubning ketma-ket uch mavsum davomida bir raqib bilan o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaydigan yangi qoida ham kuchga kirdi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turi uch kun – 8, 9, 10 sentyabr kunlariga bo‘lib o‘tadi. Qolgan turlarda uchrashuvlar ikki kunga taqsimlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing