Rahmon va Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevni qutladi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Imomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish masalalari, mintaqaviy kooperatsiya va muhim infratuzilma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Prezidenti 63 yoshni qarshi oldi. Avvalroq, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sooronbay Jeenbekov Imomali Rahmon

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing