Imomali Rahmon ham Xitoyga boradi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 11–14 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga boradi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Pekinda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sanoat, investitsiya va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, energetika, “yashil iqtisodiyot” va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashish kutilmoqda.

Muzokaralarda mintaqaviy vaziyat, yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish mavzulari ham ko‘rib chiqiladi.

Tashrif yakunida ikki davlat o‘rtasida yangi ikki tomonlama hujjatlar paketi imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 13–15 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi bilan borishi haqida xabar berilgandi. Bu uning 2017 yildan beri Xitoyga amalga oshirayotgan ilk tashrifi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing