QS mintaqaviy reytingiga O‘zbekistonning to‘rtta oliygohi qo‘shildi

Jamiyat

image

Londonda Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari  bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingi (QS Emerging Europe and Central Asia University Rankings) e’lon qilindi. Mazkur mintaqaviy reytingda ilk marotaba O‘zbekistonning to‘rtta oliy ta’lim muassasasi o‘rin egalladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi reytingda quyidagi OTMlar reytingga kirgan:

  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti (251-300-o‘rin); 
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (351-400);
  • Samarqand davlat universiteti (351-400);
  • Toshkent davlat texnika universiteti (351-400).

Ushbu mintaqa bo‘yicha reytingda eng yuqori o‘rinlarni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya), Tartus universiteti (Estoniya), Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) va Karlov universiteti (Chexiya) egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

145

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing