Shri-Lankada birdaniga 6 ta terakt! 185 qurbon, 500 nafar jabrlanuvchi bor

Olam

image

Bugun, 21 aprel kuni katolik pasxa bayrami kuni Shri-Lankada ketma-ket 6 ta portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

Terakt deb aytilayotgan portlashlar mamlakat poytaxti Kolombo shahri markazidagi “Shangri-La”, “Sinnamon Grand” va Kingsberi mehmonxonalarida, katolik cherkovida sodir etilgan.

Qolaversa, portlashlarning yana ikkitasi ayni shu vaqtda  poytaxt yaqin Negombo va Battikaloa shaharlaridagi cherkovlarda amalga oshirilgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portlashlar oqibatida 185 kishi kishi qurbon bo‘lgan. Ular soni soat sayin ortmoqda. Jarohatlanganlar esa 500 nafardan ziyod. 

Картинки по запросу теракт в шри ланке

Qayd etishlaricha, portlashlar sodir etilgan vaqtda ibodatxonalarda pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar o‘tkazilayotgan bo‘lgan. 

Mazkur holat bo‘yicha mamlakat Bosh vaziri shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatda pasxa bayrami tadbirlari bekor qilindi. 

Картинки по запросу теракт в шри ланке

Darvoqe, qurbonlarning 35 nafari chet el fuqarolari.

Ayni vaqtda mamlakatdagi barcha bayram tadbirlari bekor qilingan. Shri-Lanka bosh vaziri shoshilinch hukumat yig‘ilishini chaqirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shri-Lanka

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing