Saylovga jalb qilingan 53 ming xodim qurollangan...mi?
Jamiyat
−
22 dekabr 2019
6980Avvalroq, bugun bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekistonda Oliy Majlis qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari uchun deputatlar sayloviga 53 ming nafar huquq-tartibot organlari xodimlari jalb etilgani haqida xabar bergan edik.
Xo‘sh, xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgan 53 mingga yaqin huquq-tartibot organlari xodimlari qurollanganmi? Agar qurollangan bo‘lsa, bu qanday qurollar. QALAMPIR.UZ muxbiri Bahodir Ahmedov Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga ushbu savol bilan murojaat qildi.
“Qurol masalasida alohida mavzu. Bu yerda rezerv xodimlar bor va ularda qurol mavjud. Xavfsizlikni ta’minlash ayrim hollarda metallodetektorlar amalga oshiriladi, ya’ni shubhali ko‘ringan shaxslar metallodetektor orqali tekshirilishi mumkin. Lekin, qurol minimal darajada bo‘ladi”, deydi Po‘lat Bobojonov.
LiveBarchasi