Si Szinpin Mirziyoyevni tabrikladi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z umumxalq bayrami bilan tabrikladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan o‘z nomimdan Sizni va Siz orqali O‘zbekiston hukumati va xalqini Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Keyingi yillarda Xitoy-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy rivojlanish tendensiyasi saqlanib turibdi. Siyosiy o‘zaro ishonch muttasil mustahkamlanmoqda, "Bir makon, bir yo‘l"ni birgalikda amalga oshirishda salmoqli natijalarga erishildi, mamlakatlarimiz xalqaro maydonda faol va samarali hamkorlik qilmoqda. Bularning barchasi Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirishda keng istiqbollar ochmoqda. Xitoy va O‘zbekiston koronavirus epidemiyasiga qarshi birgalikda kurashishda bir-birini qo‘llab-quvvatlab, yaqindan hamkorlik qilayotgani ikki tomonlama aloqalarda yuksak darajaga erishilganini namoyish etmoqda. Men buni yuksak qadrlayman.

Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida munosabatlarimizni uzluksiz mustahkamlash maqsadida Siz bilan yaqin muloqotlarni davom ettirishga tayyorman.

Sizga mustahkam sog‘lik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman!

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi"


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing