Koronavirus kirib bormagan davlatlar soni yana bittaga kamaydi
Olam
−
06 aprel 2020
16063Shu kunga qadar koronavirus holati aniqlanmagan Janubiy Sudanda ilk bor kasallik qayd etildi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Riyeka Mashara ma’lum qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus mamlakatga 29 fevral kuni Niderlandiyadan kelgan BMT xodimida aniqlangan.
Hukumat ikki hafta muqaddam o‘quv muassasalari va cherkovlarni yopgan edi. Virus tarqalishining oldini olish maqsadida 30 kunlik komendantlik soati joriy etilgandi.
Biroq butun mamlakat bo‘ylab mavjud qochqinlar lagerlari o‘z ishini davom ettirmoqda, minglab odamlar bir-birlariga juda yaqin masofada yashamoqda.
Qochqinlar huquqlarini himoya qiluvchi faollarning ogohlantirishicha, agar mazkur lagerlardan birida infeksiya holati qayd etilsa, bu koronavirusni tez yoyilishiga olib keladi.
LiveBarchasi