Endi investitsiya dasturi va davlat byudjeti parametrlari 3 yillik qabul qilinadi

Jamiyat

Bundan buyon O‘zbekistonda investitsiya dasturi ham, mamlakat byudjeti parametrlari ham uch yil uchun qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 31 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida davlat mukofotlarini topshirish munosabati bilan tashkil etilgan marosimda ma’lum qildi. 

“Iqtisodni tushungan odam biladi, bir yillik byudjet bo‘lishi mumkin emas. Iqtisodiyotimizga juda katta ta’sir o‘tkazayotgan omillar bormi yo yo‘qmi? Albatta, bor. Dunyo shiddat bilan oldinga ketayotgan davrda albatta ta’siri juda katta”.

Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, davlat byudjetini kelajak uch yil uchun qabul qilish sabablari, uning maqsad va vazifalariga to‘xtaldi. 

“Byudjetni agar uch yil uchun qabul qilsak, ayniqsa, ijtimoiy sohalarning qayerlariga biz chuqurroq e’tibor berishimiz kerak, odamlar qachon rozi bo‘lishini inobatga olib, xalqimizga aytamiz”.

Shavkat Mirziyoyev bu ishlarni amalga oshirishda xalqning fikri albatta inobatga olinishi, ularning manfaati birinchi o‘ringa qo‘yilishi, har bir farmon, har bir qaror odamlar bilan bamaslahat ishlab chiqilishini aytdi.

“Qo‘ygan har bir qadamimiz, har bir qabul qilgan qarorlarimiz odamlarga manfaat yetkazyaptimi? Har bir qaror va farmonim sizlar bilan bamaslahat bo‘lyapti. Boshqa davlatlar ham mana shunday demokratik jarayonlarni boshlaganida xalq bilan rahbariyat o‘rtasida bunday muloqot hech qachon bo‘lgan emas. Albatta, bu yo‘nalishda ham kamchiliklar bor. Odamlarni eshitishni o‘rganyapmiz. Odamlar eshitish imkoni bo‘lgani uchun rozi bo‘lyapti. Ana shu narsa agar qonimizga singib, biz xalqimizga munosib bo‘lib, odamlar aytgan narsani inobatga olsak, rejamiz to‘g‘ri bo‘ladi”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti Investitsiya dasturi

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing