Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Jamiyat

image
2026 yilgi davlat byudjeti: kim qancha pul oladi? north_east

2026 yilgi davlat byudjeti: kim qancha pul oladi?

O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Bu haqda o‘zgartirishlar kiritilgan “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi, Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg‘armalarning daromadlari hamda xarajatlari o‘zgartiriladi.

Shuningdek, byudjet mablag‘larining maqsadliligi, samaradorligini oshirish, byudjet intizomini mustahkamlash doirasida mablag‘larning bir qismini maqbullashtirish va ularni qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirish nazarda tutildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 25 dekabr kuni “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandi. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 5 dekabrda kabul kilingan va Senat tomonidan 2025 yil 18 dekabrda ma’qullangan. Qonunga ko‘ra, 1-darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan byudjet mablag‘laridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Davlat byudjeti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing