Tibbiyot sohasidagi xizmatlarning bir qismi autsorsingga o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 16-son qaroriga muvofiq tibbiyot sohasidagi xizmatlarning bir qismi autsorsingga beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarda mijozlarni ovqat bilan ta’minlash, kir yuvish xizmati, bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda tibbiy buyumlarni zararsizlantirish autsorsingga o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Ro‘yxatda keltirilmagan boshqa xizmatlar autsorsing kompaniyasiga davlat tibbiyot tashkilotining tashabbusi asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi.

“Qabul qilingan qaror bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, autsorsing xizmatlariga (mijozlarni ovqat bilan ta’minlash xizmatidan tashqari) haq to‘lash miqdorlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga autsorsing xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizgacha ustama haqni hisobga olgan holda belgilanadi”, - deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing