Haqiqatda uxlab o‘tirgan senatorlar ham bo‘ldi – Norboyeva tan oldi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yig‘ilishlarini onlayn tarzda xalqqa namoyish qilish rejalashtirilyapti. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva OAV vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri.

“Xalq ko‘p narsani bilmagani uchun ham senatorlar uxlab o‘tiribdi, degan fikr bo‘lishi mumkin. Haqiqatda uxlab o‘tirgan senatorlar ham bo‘ldi. Buni hammamiz ko‘rdik. Senatda ko‘rib chiqilgan masalalarni batafsil translyatsiya qilish masalasi rejamizda bor. Men ertaga bo‘ladigan yig‘ilishimizni xalqqa ko‘rsatishni aytgandim”, dedi Tanzila Norboyeva.

Senat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, senatorlar davlat idoralariga savollar bilan murojaat qilish niyatida. Xususan, davlat dasturi ijrosi bo‘yicha savollar yig‘ilib qolgan.

“Bugun Senat qo‘mitalarining majlislari bo‘lyapti. Senatorlar davlat idoralariga achchiq-achchiq savollar bermoqchi. Bu yilgi Davlat dasturini bajarishda qator muammolar bor. Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarga savollar berishmoqchi. Albatta, shu savollar qarorlarga kiradi va muddat berilib, bu nazoratga olinadi”, dedi Tanzila Norboyeva.

Ma’lumot o‘rnida, ertaga, 23 avgust kuni Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur yig‘ilishda QALAMPIR.UZ kamera ob’ektivlariga ayrim senatorlarning majlis vaqtida uxlab o‘tirgani muhrlangan. Mazkur suratlar taqdim etilgandan keyin esa, O‘zbekiston parlamentida senatorlarning muhim qonunlarni chiqarishda uxlab o‘tirishi kulguga olindi. 

Uxlayotgan senatorlar yoxud uxlab chiqarilayotgan qonunlar


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Senat

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing