Rossiya 2022 yilgi futbol musobaqasida qatnashmasligi mumkin
Sport
−
05 fevral 2020
5977Taniqli arab sport kanali “BeIN Sports” Rossiya terma jamoasining 2022 yilgi Jahon chempionatida qatnashmasligini e’lon qildi. Bu haqda axborot OAVning Twitter’dagi rasmiy sahifasida paydo bo‘ldi.
Ushbu ma’lumot manbasi sifatida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ko‘rsatilgan. Avvalroq, Britaniya ommaviy axborot vositalarida musobaqaning guruh bosqichiga chiqadigan milliy terma jamoa unda ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Faqat bunda davlat atributlaridan foydalanish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 9 dekabrda Butunjahon antidoping agentligining (WADA) ijroiya qo‘mitasi Rossiya antidoping agentligini (RUSADA) Moskva laboratoriyasining ma’lumotlar bazasini manipulyatsiya qilgani uchun diskvalifikatsiya qilishga qaror qilgan edi. Shu tariqa, rossiyalik mahalliy sportchilar to‘rt yil davomida o‘z bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. 19 dekabr kuni mahalliy agentlikning kuzatuv kengashi RUSADA a’zolarini sanksiyalarga rozi bo‘lmasliklarini tavsiya berdi. Keyinchalik Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishdi.
LiveBarchasi