QazaqGaz oktyabr oyidan O‘zbekistonga Rossiya gazini tashishni boshlamoqchi
Olam
−
20 iyul 2023
3838Qozog‘istonning QazaqGaz shirkati joriy yilning oktyabr oyidan O‘zbekistonga Rossiya gazini tashishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Sanjar Jarkeshovning matbuot xizmati Atirau viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha xabar berdi.
“Milliy kompaniya rahbari Markaziy Osiyo magistral gaz quvurining Qozog‘iston qismi – Rossiya gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali O‘zbekiston Respublikasiga tashish markazi bo‘yicha tayyorgarlik ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. O‘zbekistonga gaz tranziti 2023 yil oktyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan”, deyiladi Kazinform agentligi xabarida.
Shuningdek, kompaniya barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq to‘liq hajmda amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Iyul oyi o‘rtalarida Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi va QazaqGaz o‘rtasida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilari uchun tashish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Gazprom 2023 yilning to‘rtinchi choragida Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga uch davlatning ushbu sohadagi tijoriy manfaatlarini muvofiqlashtirish uchun “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi. Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirliklari “Gazprom” bilan hamkorlik rejasini imzolagan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga ushbu sohadagi uch davlatning tijorat manfaatlarini muvofiqlashtirish uchun “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi. 2023 yil yanvarida O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirliklari “Gazprom” bilan hamkorlik rejasini imzolagan.
Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.