Chiqindixonalarni kamaytirish uchun yangi soliq joriy etilyapti

Olam

image

Qirg‘iziston Hukumati mamlakatning ichki bozorida plastik va plastmassa buyumlarni olib kirish yoki sotish paytida soliq solishni joriy etmoqchi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. 

Hozirda soliqqa tortilmaydigan daromadlar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish uchun Parlamentga qonun loyihasi taqdim etilgan. Loyiha maqsadi atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish va polimer va plastmassa materiallardan tayyorlangan qadoqlash buyumlaridan hosil bo‘ladigan chiqindilar miqdorini kamaytirish uchun mo‘ljallangan.

"Bu masala o‘ta dolzarb, chunki Qirg‘izistonda polimer va plastmassa materiallaridan tayyorlangan bir martalik qadoqlash buyumlari ko‘pincha uy-ro‘zg‘or ishlari uchun ishlatiladi va keyinchalik qattiq maishiy chiqindilar axlatxonalariga yig‘iladi. Iqtisodiy nochorlik sababli, ushbu paketlar saralanmagan, bu atrof-muhitning ifloslanishining salbiy oqibatlariga olib keladi", deya ta’kidlaydi mamlakat Vazirlar Mahkamasi. 

Shu bilan birga, kompozitsion xususiyatlar tufayli polimer va plastik qoplar parchalanmaydi va atrof muhitga yoqilganda, dioksin va furan kabi turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar chiqaradi.

Ushbu ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhit va inson salomatligi uchun xavfli deb tan olingan.

"Chiqarish uchun taklif qilinadigan to‘lov chiqindining o‘zi, uning narxi va atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash uchun mo‘ljallangan. Narxlar markazlashtirilgan kapital to‘plash uchun respublika byudjetiga yo‘naltiriladi.

Qirg‘izistonda chiqindilarni boshqarish tizimini rivojlantirish rejalashtirilgan”, deya xulosa qiladi Hukumat.
 


Maqola muallifi

Teglar

soliq Qirg'iziston Hukumati

Baholaganlar

11

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing