Buxorodan Moskvaga uchgan samolyot favqulodda Samaraga qo‘ndirildi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Buxoro-Moskva yo‘nalishida parvoz qilgan samolyoti Samaraning “Kurumoch” aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. Bunga O‘zbekiston fuqarosi J.Sh.ning salomatligi yomonlashgani sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligi xabar bermoqda. 

Voqea kecha, 2 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Samolyot qo‘ngach, fuqaroning salomatligi yaxshilangan va u shifoxonaga yotishdan bosh tortgan. 

Bosh konsullik xodimlari u bilan bog‘langan. Fuqaro hozir o‘zini yaxshi his etayotgani, boshqa transport orqali manzilga bormoqchi ekanini aytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo yo'llari

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing