Karantin qoidalarini buzgan huquqbuzarlar ichida chet el fuqarosi ham bor

Jamiyat

29

O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgan  fuqarolarga jami 61 882 500 so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi paytga qadar ma’muriy sudlar tomonidan jami bo‘lib 192 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlar ko‘rilgan. Ushbu shaxslardan 178 nafar shaxsga nisbatan jami 61 882 500 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan, 14 nafar shaxsga nisbatan ish yuritishdan tugatilgan. Bularning 192 nafar shaxsning 8 nafari ayol, 3 nafari 60 yoshdan oshgan shaxs, 1 nafari chet davlat fuqarosi va 2 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ekani aytilmoqda.

Shu kungacha, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro, Denov tuman va Chirchiq shahar sudlari ajrimiga muvofiq, jami 3 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bugun, 27 mart kuni soat 10:00 dan e’tiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, shaharlararo taksi, avia, temir yo‘l transporti)ning harakati (yuk tashish hollari bundan mustasno) butunlay to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 88 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin Oliy sud koronavirus

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing