QALAMPIR.UZ oldingi rahbarlardan Ermatovga nimalar meros qolganini so‘radi

Sport

image

Avvalroq, bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida O‘FAning yangi birinchi vitse-preztidenti Ravshan Sayfuddinovich Ermatov ishtirokida OAV vakillari uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ muxbiri O‘FA vitse-prezidentiga quyidagi savol bilan murojaat qildi: “Siz o‘zbek futbolining oldingi ikki rahbariyati bilan ham birga ishlagansiz. Aytingchi, tashkilotda bundan oldingi rahbariyatdan sizga nima meros bo‘lib qoldi?”.

Ravshan Ermatov nashrimiz muxbirining savoliga nim tabassum bilan javob qaytardi.

“Rahbar to‘g‘risida gapirganda, albatta oldingi rahbarlar bilan ham birga ishlaganman. Avvalambor, o‘zbek futboli uchun xizmat qilgan barcha rahbarlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular o‘z faoliyatlari davomida ozmi-ko‘pmi o‘zbek futbolining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishgan. Ish bor joyda kamchilik bo‘ladi. Men kamchiliklarga emas, ko‘proq oldinga qarashni yaxshi ko‘raman. 

Meros haqida nima deyish mumkin? Masalan, Mirabror Zufarovichni oladigan bo‘lsak, u inson o‘zbek futboli uchun 10 yil davomida xizmat qildi. U kishi kelganida birinchi ta’kidlagan edi. “Men futbol bo‘yicha mutaxassis emasman, men futbolga sharoit yaratish uchun keldim. Futbolni sizlar mutaxassislar futbol qilasizlar, men sizlarga sharoit yaratib beraman” degan edi. 

Usmonov o‘z so‘zida turib, futbolga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Moliyaviy tomondan, umuman barcha tomonlama ko‘mak berdi. Ahmadjonov davrida ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Futbolga televideniye kirib keldi. Futbol bu xatolar o‘yini, uning ichida ham tashqarisida ham xatolar ko‘p. Biz uni tahlil qilib, to‘g‘ri yo‘lga solish bizning ishimiz”, deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Ravshan Ermatov

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing