QALAMPIR.UZ muxbiri nega sudga kiritilmadi? Oliy sud tekshiruv boshladi

Jamiyat

image

Oliy sud Matbuot xizmatiga ko‘ra, QALAMPIR.UZ muxbirining jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudiga kiritilmagani yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar natijasidan so‘ng, bu haqda rasmiylar tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.

Joriy yilning 22 yanvar kuni QALAMPIR.UZ muxbiri Zafarbek Solijonov jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Bekobod metallurgiya kombinati doirasida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud majlisiga kiritilmagandi.

Sud yordamchilari va ichki ishlar formasidagi Milliy gvardiya xodimlari muxbirning ko‘rilayotgan ochiq sud majlisiga kirishiga to‘sqinlik qilgandi. Sabab sifatida raislik qiluvchi sudyaning roziligi talab qilishini ko‘rsatgandi. Bo‘layotgan bahsni raislik qiluvchi Xayriddin Shermuhamedov bir necha qadam narida kuzatib turgan va bunga hech qanday munosabat bildirmagan. U ishda ishtirok etuvchilar sud zaliga kirishi bilan sud majlisini boshlab yuborgan. Keyinroq jarayon boshlangani va muxbir kechikkanini vaj qilib, sud zaliga uni kirgizmagandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 yanvar kuni mazkur holat bo‘yicha Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Oliy sudga murojaat qilingan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing