“10 foiz meniki deb imlab qo‘yishadi”. Prezident joylardagi korrupsiya haqida gapirdi

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev joylardagi mahalliy kengashlar va ular bilan Senatning hamkorligi sust ekanligini tanqid qildi. Shuningdek, davlat rahbari korrupsiya holatlari haqida alohida to‘xtaldi. 

“Qonunni bilmaganimiz uchun mahalliy kengash raislari, janob hokimlar tushunmayapti. Tushuntirmayapti. O‘z ustida ishlamayapti. Senat qo‘mitalari mahalliy kengashlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ymagani ham bunga sabab bo‘lmoqda. Kengashlar samaradorligini oshirishda birinchi navbatda siz muhtaram senatorlarga suyanaman. Negaki, sizlar hududlar vakillarisizlar. Qachon bizda vaziyat o‘zgaradi? Parlamentarizmni o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, ertaga qonun ustuvorligini ta’minlaydigan, parlamentni tushunadigan davr keladi deb hozirdan zamin yaratsak, mahalliy kengashlarni kuchaytirishimiz kerak. Agar mahalliy kengash kuchaymasa, natija bo‘lmaydi” deydi davlat rahbari. 

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev joylardagi korrupsiya va “ulushbozlik” haqida ham gapirdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakat xalqqa hiyonatdir. 

“Mahalliy kengash rahbari hokim bo‘lmaydi deb aytganman. Bunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bunga ham vaziyat kerak. Unga ham qonuniy asoslar kerak. Unga ham yetib borishimiz kerak. Saviyamiz, intellektimiz yetishi kerak. Bu oson ish emas. Lekin hokimlar bundan foydalanmayapti. Negaki, hokimlar mahalliy kengashni ishlata olsa, hamma yo‘nalishni nazorat qilsa bo‘ladi. Ta’lim, yo‘l, tibbiyotni “katta”larini so‘roq qilsa bo‘ladimi?! Deputatlarni gapi bilan 2-3tasini ishga olib korrupsiya qilgan yo‘llarni buzdirib, prokuratura orqali joyiga qo‘ydirib bir misol qilsa... Qila olmaydi. Kerak emas. Sherik. Qo‘pol bo‘lsa ham. Sherik bo‘lmasa ham imlab qo‘yadi. 10 foizi meniki deb... unday imlash bilan yashasak, xalqimizga hiyonat qilgan bo‘lamiz. Hiyonat. Men aytgan ishlarni nima orqali amalga oshiradi? Mahalliy kengash orqali” deydi Shavkat Mirziyoyev.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing