Putinning yadroviy tahdidi quruq po‘pisami? Podolyak javob berdi
Olam
−
30 Sentabr 2022 13425 1 daqiqa
Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish ehtimoli juda past, ammo mavjud. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak shunday fikr bildirdi.
“Yadroviy mojaro ehtimoli yuqori emas, lekin mavjud. Va agar dunyo, ya’ni uning fuqarolik qismi, xalqaro yadro xavfsizligi mexanizmining to‘liq qulashiga yo‘l qo‘ysa, oqibatlari faqatgina Ukraina uchun halokatli bo‘lmaydi.
G‘arb ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik haqidagi kelishuvga shunchaki qog‘ozga aylanishi va yangi qurollanish poygasi boshlanishiga tayyormi?”, degan u bugun, 30 sentyabr kuni chop etilgan “la Repubblica” nashriga bergan intervyusida.
Uning fikricha, yadro qurolidan foydalanishga global javob choralari YeI va NATO maydonlarida muhokama qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Putin xalqiga murojaati davomida, u Rossiya xavfsizligiga tahdid qiluvchilarga yadroviy qurol bilan javob berishdan ham tap tortmasligini aytgan edi.
Live
Barchasi