Putinning topshirig‘iga ko‘ra Norboyeva Rossiya davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nomidan “xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinning topshirig‘ini bajarishga va shunday tantanali ruhda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Kamolovna Norboyevani “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz”, deydi Matviyenko Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasining yalpi majlisida.

Federatsiya Kengashi spikeri Norboyevani Rossiyaning azaliy va samimiy do‘sti deb atadi.

“Ushbu yuksak mukofot Sizning tinimsiz vijdonan mehnatingiz uchun munosib baho, Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissangiz e’tirofi bo‘lib xizmat qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan Matviyenko.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Valentina Matvienko

Baholaganlar

134

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing