Putinning sevimli “Shahrizoda”si suvga tushirildi

Olam

image

Muxolifatchi Aleksey Navalniy va uning sheriklari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tegishliligi aniqlangan, keyinchalik Italiyada hibsga olingan “Shahrizoda” yaxtasi suvga tushirildi. Bu haqda “eSysman SuperYachts”da video e’lon qilindi.

Video tavsifida aytilishicha, yaxta joylashgan portga uchinchi yoki to‘rtinchi tashrifda kemada o‘zgarishlar sezilgan va u ta’mirlanayotgani taxmin qilingan. 

"Bu g‘alati, chunki kema muzlatib qo‘yilgan, shuning uchun nazariy jihatdan bunday bo‘lmasligi kerak", deydi yaxtani dron bilan suratga olgan bloger.

Uning ta’kidlashicha, “Shahrizoda” so‘nggi 18 oy davomida quruqlikda bo‘lgan.

Shu o‘rinda aytish joizki, 2022 yil may oyi boshida “Shahrizoda”  yaxtasi Italiyaning Toskana viloyatidagi Marina di Karrara portida ushlangan. Italiya rasmiylari yaxta egasining Rossiya rasmiylari bilan aloqasi borligini da’vo qilgan.

Keyinchalik Navalniy tomonidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi tergov bo‘limi boshlig‘i, Anti-Corruption Foundation raisi Mariya Pevchix kema videosini o‘zining X'dagi sahifasiga joylashtirgan.


“Agar Italiya hukumati biron sababga ko‘ra “Shahrizoda”ning to‘satdan g‘oyib bo‘lishiga ruxsat bersa, bu eng katta sharmandalik bo‘ladi. Yevropa Ittifoqining sanksiyalar siyosatiga ham jiddiy zarba hisoblanadi. Shu bois ham siz Putinga "qadrdon" yaxtasini qaytarib bera olmaysiz”, deydi Pevchix.

Ma’lumot uchun, 140 metrli “Shahrizoda” superyaxtasining hibsga olingani 2022 yilning 6 mayida ma’lum bo‘lgan. Italiya rasmiylari "Shahrizoda"ning haqiqiy egasi va Rossiya hukumatining taniqli a’zolari hamda boshqa tuzilmalar o‘rtasida muhim iqtisodiy va ishbilarmonlik aloqalari topilganini aytgan. 2022 yilning mart oyida Aleksey Navalniy jamoasi yaxta bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan. Unda kema Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan. "SuperYachtFan” sayti yaxtaning qiymati 700 million dollarga baholangan.

“The New York Times” ham “Shahrizoda” rossiyalik milliarderga yoki Putinga tegishli ekanini yozgan. Kema kapitani, Buyuk Britaniya fuqarosi Bennett Pirs gazeta bilan suhbatda Putinning yaxtaga aloqador ekanini rad etgan.

2023 yil avgustida esa “ Financial Times” Italiya rasmiylari “Shahrizoda”ning egasiga yaxtani qayta jihozlashga ruxsat berganini yozgan. Biroq kema egasining ismi oshkor etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Shahrizoda”si

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing