Putinniki deyilgan samolyotda uning yo‘qligi ma’lum bo‘ldi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bo‘lgan maxsus bort AQSHning Alyaska shtatidagi Ankorij shahriga qo‘ndi. Bu haqda “Flightradar24” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya rahbarining parvozni onlayn kuzatayotganlar soni 469 mingdan oshgan. Putin ikki soatdan sal ko‘proq vaqt uchgan. 

Rossiya jurnalisti Pavel Zarubin esa ushbu qo‘ngan samolyotda Prezident mavjud emasligini aytadi. Unga ko‘ra, Rossiyaning boshqa bir uchog‘i Alyaskaga yetib borgan va unda Putin yo‘q.

NBC News xabariga ko‘ra, Elmendorf-Richardson harbiy-havo kuchlari qo‘shma bazasida Rossiya rahbarini qabul qilish uchun tantanali marosim tashkil etiladi va Putinning oyoqlari tagiga qizil gilam to‘shaladi. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Putinni shaxsan o‘zi kutib olish niyatida.

Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvi 15 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 11:30 da (O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:30) boshlanadi. 

Rossiya delegatsiyasi tarkibida Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Mudofaa vaziri Andrey Belousov, Moliya vaziri Anton Siluanov va Prezidentning xorijiy investitsion hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev bor.

AQSH tomonidan Davlat kotibi Marko Rubio, Savdo vaziri Govard Lyutnik va Moliya vaziri Skott Bessent, shuningdek, Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Putin Ankorij

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing