“Putinning odamlari” kitobida Usmonov haqidagi “bo‘htonlar” tuzatildi 

Olam

image

“Putinning odamlari” kitobini chop etgan Britaniyaning HarperCollins nashriyot uyi kitobda rossiyalik milliarder Alisher Usmonov nomi tilga olingani sababli unga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda RBKga tadbirkorning vakili ma’lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, kitobning 2020 yilda chop etilgan birinchi nashrida Usmonov “Gazprom”dagi mansabidan foydalanib, boyligini ko‘paytirgani haqida yolg‘on ma’lumotlar bor edi. Kitobning qayta ko‘rib chiqilgan nashrida Usmonov Britaniya elitasiga “pora berishga” uringanligi va u Kremlning “ishonchli odami” hisoblangani haqidagi so‘zlar ham chiqarib tashlangan. 

“Kitobga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha suddan tashqari kelishuvga erishish mumkin edi”, degan Usmonovning vakili. 

Usmonovning biznes sherigi Farhod Moshiriyning aniqlik kiritishicha, milliarder e’tiroz bildirgan bayonotlar allaqachon kitobning elektron va audio versiyalaridan olib tashlangan va ular yangi bosma nashrlarda ham bo‘lmaydi. HarperCollins va kitob muallifidan izoh olishning iloji bo‘lmagan. 

“Putinning odamlari” kitobi “Financial Times” gazetasining Moskvadagi sobiq muxbiri Ketrin Belton tomonidan yozilgan. 2020 yilda “Putinning odamlari” Britaniyaning “The Times”, “The Sunday Times” va “Daily Telegraph” gazetalari tomonidan yil kitobi deb tan olingan. 

“Putinning odamlari” nashr etilganidan keyin rossiyalik milliarderlar Mixail Fridman, Pyotr Aven, Roman Abramovich, shuningdek tadbirkor Shalva Chigirinskiy va “Rosneft” kompaniyasi HarperCollins ustidan sudga murojaat qilgan. Fridman, Aven va Abramovich allaqachon kitobga tuzatishlar kiritishga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

kitob Usmonov Putinning odamlari

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing