Putinning maxsus vakili lavozimini va mamlakatni tark etdi – Bloomberg

Olam

image

Rossiya Prezidentining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakili Anatoliy Chubays egallab turgan lavozimini tark etdi. Bu haqda Chubaysga yaqin manbaga tayanib TASS yozmoqda.

“Ha, rost. Anatoliy Borisovich bu lavozimni tark etdi”, deydi u. 

Bloomberg’ning o‘z manbalariga tayanib qayd etishicha, Chubays lavozimdan ketish oldidan Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarshi chiqqan va mamlakatni tark etgan. 

66 yoshli Chubays 1990-yillardagi iqtisodiy islohotchilardan biri bo‘lib, u Putin hukumatida qolgan va G‘arb rasmiylari bilan yaqin aloqada bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Anatoliy Chubays

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing