Putinning ko‘ngli yumshadi. U 36 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi barcha o‘zaro to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati Rossiya rahbarining ko‘rsatmalariga tayangan holda ma’lum qildi. 

“Hazrati Patriarx Kirillning murojaatini inobatga olib, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziriga 2023 yil 6 yanvar soat 12:00 dan 2023 yil 7 yanvar soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi tomonlar o‘rtasidagi barcha aloqa chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyuraman”, deyiladi hujjat matnida. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ukrainani ham Rojdestvo bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. 

“Jang hududlarida pravoslavlikni tan olgan ko‘plab fuqarolar istiqomat qilayotganiga asoslanib, biz Ukraina tomonini o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishga va ularga Rojdestvo arafasida, shuningdek,  Masihning tug‘ilgan kunida qatnashish imkoniyatini berishga chaqiramiz”, deyiladi ko‘rsatmada. 

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, buyruqqa muvofiq, qo‘shinlarga 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan boshlab Ukrainadagi tomonlar o‘rtasidagi barcha to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab 36 soat davomida o‘t ochishni to‘xtatish buyurilgan. 

“Rossiya Federatsiyasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri joriy yilning 6 yanvar kuni soat 12:00 dan boshlab qo‘shinlarga 36 soat davomida joriy yilning 7 yanvar soat 24:00 gacha Ukrainadagi tomonlar o‘rtasidagi harbiy aloqaning butun chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurdi”, deyiladi bayonotda. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing