Putinning Konstitutsiya bo‘yicha taklifi Dumaga kiritildi

Olam

image
Mishustin Rossiyaning yangi Bosh vaziri bo‘ldi north_east

Mishustin Rossiyaning yangi Bosh vaziri bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqish uchun Dumaga kiritdi.

Qonunni ko‘rib chiqishda konstitutsion komissiyadan Klishas, Krasheninnikov va Xabriyeva Prezident vakili sifatida ishtirok etadi.

Tuzatishlar nimadan iborat?

Avvalo bir odam ikki muddatdan ortiq Rossiya Prezidenti lavozimini egallashini taqiqlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaga pensiyalarning majburiy indeksatsiya qilinishi kiritiladi hamda ish haqining eng kam miqdori yashash minimumidan past bo‘lmasligi mustahkamlanadi.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti hozircha qabul qilinmagan qonun bo‘yicha maqomi belgilanadigan davlat kengashini tuzishga mas’ul bo‘ladi.

Loyihada yuqori lavozimli amaldorlarga boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lishni taqiqlash, Bosh vazir va Hukumat a’zolarini tasdiqlashni Prezidentdan Davlat dumasiga o‘tkazish va federatsiya kengashiga sudyalarni lavozimidan ozod qilish huquqini berish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat dumasi qo‘mitasi loyihani 21 yanvarda ko‘rib chiqadi, parlament quyi palatasi esa hujjatni 23 yanvarda muhokama qiladi. Shundan so‘ng loyiha xalq muhokamasiga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Vladimir Putin parlamentga murojaatida Konstitutsiyaga Prezident va Hukumatning vakolatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgandi. Ta’kidlash kerakki, Putin murojaatidan keyin RF Hukumati to‘liq tarkibda iste’fo bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Konstitutsiya

Baholaganlar

49

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing