Putinning Xersonga borgani aks etgan videolar montajmi? (video)

Olam

image

Kreml bugun, 18 aprel kuni Prezident Putinning anneksiya qilingan Lugansk va Xerson hududlariga amalga oshirgan tashrifi aks etgan videoni e’lon qildi. Biroq ushbu tasvir muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda davlat rahbarining harbiy xizmatchilarga XIX asrdagi Rossiya armiyasining eng muvaffaqiyatli Mudofaa vazirlaridan biriga tegishli bo‘lgan ikonaning nusxasini topshirgani aks etgan. Putin ikonani berar ekan, nasroniylar bayrami Pasxani nazarda tutib, “yaqinlashib kelayotgan” deb aytadi. Vaholanki, xristianlar Pasxani 16 aprel kuni kutib olgan. 

Aynan shu Putinning Xersonga borgani haqidagi tasvirlarni shubha ostiga qo‘ymoqda. Shunga asoslanib uning tashrifi bugun emas, balki o‘tgan hafta amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.  

Bunga nisbatan Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy munosabat bildirib, Putinning safari Pasxadan keyin – 17 aprelda amalga oshganini ma’lum qildi

“Bu kecha edi. Darhaqiqat, prezident ikonani berganida, Pasxa yaqinlashayotganini aytdi. Ammo haqiqat shundaki, Pasxa bizda 40 kun nishonlanadi. Va hozir bayram haftasi. Shuning uchun bu shunchaki anglashilmovchilik. Biz bir jumlani ushlab oldik va darhol yo‘q bo‘lgan farazlarni qila boshladik. Bu tashrif kecha bo‘lib o‘tdi”, deydi u. 

Prezident Xersonning qayeriga va aynan qaysi payt borgani esa oshkor qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Putin bundan avval, shu yilning mart oyida Ukrainaning bosib olingan Mariupol shahriga borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Ukraina Xerson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing