Putin Mariupolga borib, shahar qurilishi bilan tanishdi

Olam

image

Bugun, 19 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ruslar bosib olgan Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Mariupol shahriga bordi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

ayd etilishicha, Putin Mariupolga vertolyotda uchib borgan. Shundan so‘ng, mashinada shaharning bir qancha hududlarini aylanib chiqqan.

Safar davomida Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin Prezidentga shahar va uning atrofida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi haqida batafsil ma’lumot bergan.

“Yangi turar-joy mikrorayonlari, ijtimoiy-ma’rifiy ob’ektlar, uy-joy kommunal infratuzilmasi, tibbiyot muassasalari qurilishi haqida ma’lumot berildi”, deyiladi xabarida.

Nevskiy mikrorayonida Prezident shahar aholisi bilan suhbatlashgan. Oilalardan birining taklifiga ko‘ra, Putin ularning uyiga kirgan.

“Davlat rahbari, shuningdek, Mariupoldagi qirg‘oqni, teatr binosi, shaharning unutilmas joylarini ko‘zdan kechirdi”, deyiladi agentlik xabarida.

Bu Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Donbassga birinchi safaridir.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 18 mart kuni Qrimga yarimorol Rossiyaga qo‘shilganining bir yilligi munosabati bilan borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donetsk Mariupol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing