Putinning birgina taklifi bilan Yevropada gaz narxi darhol pasaydi

Olam

image

Kecha, 6 oktyabr kuni Yevropadagi gaz fyucherslari ming kub metr uchun rekord — 1937 dollarga yetdi. Mintaqa gaz qimmatlashuvi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifi sabab to‘xtadi.

Gap shundaki, Vladimir Putin “Gazprom”ga Yevropa bozoriga Rossiya gazini yetkazib berishni ko‘paytirish haqida o‘ylashni taklif qilgandan so‘ng esa, narxlar keskin tushib ketdi. 

Kun davomida gaz fyucherslari 1200 dollardan pastga tushdi. Eng past narx 1197,64 dollar bo‘ldi, bu 5 oktyabr kuni belgilangan narxdan 14 foiz past.

Qayd etish kerakki, joriy yilning 28 sentyabr kuni Yevropada gaz narxi tarixiy rekord o‘rnatgandi va birinchi marta har ming kub metr uchun 1000 dollardan oshdi. O‘shandan beri narxlar ko‘tarilishda davom etmoqda.

Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Putin bilan uchrashuvda gazning birjadagi narxi real vaziyatni aks ettirmasligini, chunki u “spekulyativ yondashuvlar”ni o‘z ichiga olganini ma’lum qildi. Putin esa “Gazprom”ni “bozorda taklifni ko‘paytirish haqida o‘ylashga” undadi. 

“Ammo buni ehtiyotkorlik bilan bajarish kerak. Bizga bunday spekulyativ ajiotaj kerak emas. Chunki, bilasizki, bu ajiotaj ortida boshqa noxush hodisalar sodir bo‘ladi”, degan Rossiya Prezidenti gaz narxlari rekord darajada o‘sganiga munosabat bildirib.

Shuningdek, u “Gazprom”ning Rossiya gazini Ukraina hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlarini bajarilishini ta’minlashni topshirgan.

“Ukraina orqali tranzit orqali hozir gazga juda muhtoj bo‘lgan Yevropaga yetkazib berishni ko‘paytirish mumkin. Faqat “Gazprom” “zarar ko‘rishi mumkin. Asosiy sabab Ukrainaning gaz tashish tizimining yomonlashuvi. U o‘nlab yillar davomida ta’mirlanmagan va u yerda har qanday vaqtda portlashi mumkin”, degan Putin. 

Qo‘shma Shtatlar Moskva gaz muammosini siyosiy vosita sifatida ishlatishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan va uni Ukraina orqali Yevropaga ko‘proq yoqilg‘i yetkazib berishga undagan. Putinning so‘zlaridan keyin Yevropada gaz fyucherslari narxi 600 dollardan ko‘proqqa tushgan. 

Yevropaning eng yirik gaz kompaniyalariga ko‘ra, qit’aning eng yirik gaz yetkazib beruvchisi “Gazprom” uzoq muddatli shartnomalarini bajaradi, biroq Rossiya energetik giganti ko‘proq ish qila olishi bahs markazida qolmoqda. 

Putinga ko‘ra, narxlarning ko‘tarilishiga uzoq muddatli shartnomalar tuzishdan voz kechishga va birjada gaz savdosiga o‘tishga harakat qilgan Yevropa Komissiyasi aybdor. 

“Ma’lum bo‘lishicha, bugun bu siyosatning noto‘g‘ri ekanligi aniq bo‘ldi”, degan Rossiya Prezidenti. 

Ta’kidlanishicha, “Gazprom” Yevropaning gazga bo‘lgan ehtiyojining 35 foizini ta’minlaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 sentyabrida “Gazprom”ning Yevropaga gaz yetkazib berishni amalga oshirish bo‘yicha eng yirik loyihasi bo‘lgan “Shimoliy oqim-2” quvurining qurilishi rasman yakunlandi. Bir kun oldin Yevropada gaz narxi o‘zining navbatdagi tarixiy maksimumini yangilab, o‘sha paytdagi rekord darajaga — har ming kub metr uchun 700 dollarga yetdi. 

“Gazprom” bosh direktori Aleksey Millerning ta’kidlashicha, Yevropada gazni yer osti gaz omborlariga quyishning ortda qolishi va gazga bo‘lgan talabning oshishi rekordlarni yangilagan va narx o‘sishda davom etishi mumkin.

Fitch xalqaro reyting agentligining Tabiiy resurslar va tovarlar bo‘yicha guruhi katta direktori Dmitriy Marinchenkoning aytishicha, bozor ishtirokchilari qishda iste’molchilar yoqilg‘i taqchilligiga duch kelishi mumkinligidan qo‘rqishi oqibatida gaz narxi oshmoqda. 

OPEK ekspertlarining fikricha, kelgusi 25 yil ichida gazga bo‘lgan talab o‘sishda davom etadi. Tashkilot prognozlariga ko‘ra, gazga bo‘lgan talab 2020 yildan 2045 yilgacha kuniga 21,6 million barrelga oshadi va buning natijasida 2045 yilda umumiy talab kuniga 85,7 million barrelga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Putin

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing