Putinni qamoqqa hukm qilgan sud Kiyevda ofisini ochyapti
Olam
−
23 mart 2023
7475Xalqaro jinoiy sud (XJS) Ukraina poytaxtida o‘z bo‘limini ochadi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xalqaro jinoiy sudning Kiyevda ofisini ochishi to‘g‘risidagi memorandum bugun, 23 mart kuni imzolangan. Bu haqda Ukraina Bosh prokurori Aleksey Kostin shunday deydi:
"Bugun Ukraina hukumati va XJS o‘rtasida Ukrainada xalqaro jinoiy sudning ofisini ochish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda 3 mart kuni qaror qabul qilingandi va bugun biz tegishli xalqaro hujjatni imzoladik. Bu shuni anglatadiki, prokuror Karim Xonning jamoasi Ukrainada yanada barqaror sharoitlarda ishlashi mumkin. Va bu ularga nafaqat Ukrainada ko‘proq vaqt o‘tkazish, balki barcha mumkin bo‘lgan o‘lchamlarda himoya qilinadigan tegishli ofisga ega bo‘lish, jumladan, axborotni tegishli himoya qilishga imkon beradi".
Ma’lumot uchun, Xalqaro jinoiy sud 1998 yilgi Rim statuti asosida yaratilgan. Hozirgi vaqtda xalqaro shartnomada 123 mamlakat ishtirok etmoqda. Sud bosh ofisi Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan. Shuningdek, tergov olib borilayotgan mamlakatlarda ham uning filiallari ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaaga xalqaro jinoiy sudi Putinni ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab, uni qamoqqa olishga order bergandi. Shundan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xalqaro jinoiy sudning qarorlari Rossiya uchun ahamiyatga ega emasligini ma’lum qilib, buni mamlakatning Rim statutini imzolamagani, shu sababli uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga olmasligi bilan izohlagandi. Shu yilning 20 mart sanasida esa Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan Gaaga Xalqaro jinoiy sudiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi