Putinga jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlariga borish taqiqlandi
Jamiyat
−
18 dekabr 2020
14310Sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilingan.
Davlat rahbaridan tashqari, taqiq Rossiya Hukumat a’zolari hamda Davlat Dumasi deputatlariga ham taalluqli. Bundan tashqari, davlat idoralarining rahbarlari va o‘rinbosarlari, Prezident Administratsiyasi mansabdorlari va Tergov qo‘mitasi xodimlari ham musobaqalarga kiritilmaydi.
Biroq taqiqda istisno ham bor. Agar taqiqqa uchragan shaxsni musobaqaga mezbonlik qilayotgan mamlakat Prezidenti yoki Bosh vaziri shaxsan taklif qilsa, shuningdek, bu shaxs Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yoki Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lsa, musobaqalarga tashrif buyurishi mumkin.
Ma’lumot uchun, CAS rossiyalik sportchilarga ikki yil davomida xalqaro musobaqalarda mamlakat bayrog‘i ostida chiqish va Rossiyada yirik turnirlar o‘tkazishni ham taqiqlagan.
LiveBarchasi