Putinga raqib bo‘lishni istagan rus qo‘mondoni qamaldi
Olam
−
25 yanvar
20577Moskva shahar sudi tan olinmagan DXRning sobiq "mudofaa vaziri" Igor Girkinni internetda ekstremizmga da’vat qilganlikda aybdor deb topib, 4 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Bundan tashqari, unga veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni boshqarish taqiqlandi. Bu haqda bugun, 25 yanvar kuni “Mediazona” sud zalidan turib xabar berdi.
Dastlab prokuror Girkinni 4 yil 11 oy umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilishni so‘ragan. Girkinga nisbatan jinoiy ish 2023 yil 18 iyulda ochilgan va uch kundan keyin u Moskvada hibsga olingan. U Lefortovo tergov izolyatorida hibsda saqlangan.
Jinoiy ish 2023 yil may oyi oxirida Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilingan Qrimni topshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani hamda 105- va 107-havo-desant polklarining safarbar etilgan askarlarining oilalari zarur to‘lovlarni olmagani haqidagi Telegram-kanalida e’lon qilingan ikkita post haqida edi.
Girkin ekstremistik faoliyatga chaqirishda ayblangan, sud yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
Qayd etish joizki, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli qurolli bostirib kirishi boshlanganidan beri Igor Girkin muntazam ravishda urushning borishini sharhlab turgan va ko‘pincha Rossiya rahbariyatining harakatlarini tanqid qilgan.
Noyabr oyida Girkin prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati borligini ma’lum qilgan. 25 dekabr kuni Moskvada uni Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish bo‘yicha tashabbus guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni qo‘llab-quvvatlagan bayonnomalar notariussiz imzolangani sababli tashabbus guruhi Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim eta olmadi.
Ma’lumot uchun, 2014 yilning aprel oyidan beri Girkin Ukraina sharqidagi rossiyaparast qurolli kuchlarga qo‘mondonlik qilib kelgan. U 2014 yilning mayidan avgustigacha tan olinmagan DXR ning “mudofaa vaziri” lavozimida ishlagan.
2022 yil noyabrida Niderlandiya sudi Girkinni 2014 yilda Donetsk viloyatida Rossiyaning “Buk” havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining “Boeing” samolyoti halokatida aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ushbu ofat oqibatida 298 kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi