Putin jinoyatchi emas – Orban
Olam
−
27 iyun 2023
13091Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi deb hisoblamasligini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning “Bild” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rossiya rahbarini hibsga olishga order berish haqidagi qarorini izohlar ekan Viktor Orban urush jinoyatlari haqida urush tugagandan keyingina gapirish mumkin ekanini aytgan.
“Agar sulh va muzokaralarga erishmoqchi bo‘lsak, mojaroning bir qismi bo‘lganlarni muzokara stoliga o‘tirishga ko‘ndirishimiz kerak. Ulardan muzokaralar stoliga o‘tirishni so‘rash va “stol oldiga kelinglar, men sizni hibsga olaman” deyish yaxshi fikr emas”, degan Vengriya Bosh vaziri.
Shuningdek, Vengriya Bosh vaziridan uning hukumati Putin mamlakatga kelgan taqdirda XJS qarorini amalga oshirish yoki oshirmasligi ham so‘ralgan. Viktor Orban esa Rossiya Prezidentining tegishli rejalari haqida ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan.
"Bu haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q faraz", degan Bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi. Kreml XJS qarorini qonun nuqtai nazaridan ahamiyatsiz deb atagan va Rossiyada XJS prokurori va sudyalariga nisbatan ish ochilgandi. Shuningdek, Vengriya, Qozog‘iston va Арманистонда ham Putin hibsga olinmasligi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi