Putin Zelenskiyga maxfiy maktub yo‘lladimi? Peskov javob berdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Gvineya-Bisau Prezidenti Omar Sissoka Embalo orqali Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga uning muzokaralarga tayyorligi haqida maxsus xabar yetkazmadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Afrika yetakchisining so‘zlariga izoh berarib, aytib o‘tdi.

25 oktyabr kuni Gvineya-Bisau Prezidenti Moskvada Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi, ertasi kuni esa Ukraina Prezidenti bilan uchrashish uchun Kiyevga ketdi. Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Embalo Putin undan Kiyev bilan muzokaralarga tayyorligi haqidagi xabarni yetkazishni so‘raganini aytdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Gvineya-Bisau Prezidenti bilan suhbatda Putin faqat Rossiya Federatsiyasining muzokaralarga tayyorligi bo‘yicha allaqachon ma’lum bo‘lgan pozitsiyasini qayta tasdiqlagan.

“Hozir, de-fakto, Rossiya o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi, biz muzokaralar stolida o‘z manfaatlarimizni ta’minlashga tayyormiz, biz buni xohlaymiz. Ammo bu holatda gap Ukrainaning to‘liq istamasligi haqida bormoqda. Mana nima muhokama qilindi.

Afrika davlati rahbari o‘zi xohish bildirdi va u bilan (Vladimir Zelenskiy – tahr.) aloqa qilishini va Putinning bu pozitsiyasini Ukraina tomoniga yetkazishini aytdi. Bu holatda alohida maktub yo‘q va bu muhokama qilinmagan”, deydi Peskov.

Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralari urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay o‘tkazila boshlangandi. Turkiyada muzokaralar olib borildi, biroq aprel oyida muzokaralar muzlatildt. Shundan so‘ng Ukraina rasmiylari Rossiya bilan muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortib, faqat g‘alaba mamlakatni bir necha yil ichida yangi bosqindan himoya qila olishini aytdi.

Sentyabr oyi oxiri – oktyabr oyi boshida Rossiya Ukrainaning janubi va sharqidagi bosib olingan hududlarni anneksiya qildi. Shundan so‘ng Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi bilan, lekin boshqa Prezident bilan muloqotga tayyor ekanini aytdi. Bir necha kundan keyin u “Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishning mumkin emasligi” haqidagi farmonni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing