Putin Zelenskiy bilan tinchlik bitimini imzolashdan bosh tortdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishga ruxsat berdi, shu bilan birga u bilan tinchlik shartnomasini imzolash imkoniyatini rad etdi. Bu haqda u kecha, 28 yanvar kuni “Rossiya 1” davlat telekanali efirida so‘z ochdi. 

Putin Ukraina davlati rahbarini qonuniy deb hisoblamasligini aytdi.

"Siz har kim bilan muzokara qilishingiz mumkin, lekin nolegitimligi tufayli u (Zelenskiy) hech narsaga imzo chekishga haqli emas. Agar u muzokaralarda ishtirok etishni istasa, men bu muzokaralarni olib boradigan odamlarni tayinlayman", deb ta’kidladi Putin.

Shu tariqa, Rossiya rahbari Ukraina Prezidenti, uning nuqtai nazaridan, mamlakatda saylovlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagani sababli o‘z lavozimida qola olmaydi, degan ta’kidini yana bir bor takrorladi.

Qayd etish joiz, Ukrainada urush davom etar ekan, Zelenskiy davlat rahbari bo‘lib qoladi, degan konsensus mavjud. Shu bilan birga, Putinning o‘zi saylanishining qonuniyligi Rossiya muxolifati tomonidan muntazam ravishda so‘roq ostiga olinadi. Bundan tashqari, 2024 yil aprelida Yevroparlament Yevropa Ittifoqini Rossiyadagi prezidentlik saylovlari natijalari va Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridagi ovoz berish natijalarini tan olmaslikka chaqirgan.

Kechagi efirga qaytadigan bo‘lsak, Putin yana bir bor Zelenskiyning 2022 yildan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti sifatida u bilan muzokaralar olib borishni taqiqlovchi farmoniga ishora qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ochish uchun ushbu farmonni bekor qilish kerak va buni Oliy Rada raisi amalga oshirishi mumkin.

Rossiya Prezidenti, shuningdek, G‘arb davlatlari Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam berishni to‘xtatsa, urush ikki oy ichida tugashini da’vo qildi.

Shuningdek, u 2022 yilning bahorida Vladimir Zelenskiy bilan shaxsiy uchrashuvga tayyor bo‘lganini va AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Baydenga “tegishli signallarni yuborganini” da’vo qilmoqda.

Bir necha kun oldin Putin AQSH Prezidenti Donald Trampning urushni imkon qadar tezroq tugatish zarurligi haqidagi bayonotlariga izoh berar ekan, Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha bilan ham muzokaralar olib borishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

AQSH Prezidenti lavozimiga kirishgach, Donald Tramp Putinni ochiqchasiga Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatishga chaqirdi va “kelishuv” tuzishdan bosh tortgan taqdirda AQSH, shuningdek, bunday choralarni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa mamlakatlar tomonidan “barcha Rossiya tovarlariga” yuqori soliqlar, bojlar va sanksiyalar joriy etilishi bilan tahdid qildi. 

O‘z navbatida, Vladimir Zelenskiy Kiyev Moskva bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar “kuchli pozitsiyadan” olib boriladigan bo‘lsa, bu AQSH Prezidenti xavfsizlik kafolatlarini taqdim etgan taqdirda amalga oshishi mumkinligini aytdi. Ukraina Prezidenti bunday kafolat NATOga a’zolik yoki AQSH ishtirokida G‘arb tinchlikparvar kuchlarining mavjudligi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing