Putin Yevropadagi keskinlikda AQSHni aybladi
Olam
−
21 dekabr 2021 7286 1 daqiqa
Yevropadagi hozirgi keskinlik AQSHning aybi bilan yuzaga kelgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vaziyatga baho berib, shunday fikr bildirdi.
“Hozirda bo‘layotgan voqealar, Yevropada rivojlanayotgan keskinlik ularning aybidir. Har qadamda Rossiya qandaydir javob berishga majbur bo‘ldi, har qadamda vaziyat doimiy ravishda qandaydir tarzda yomonlashgandan yomonlashdi, tanazzulga yuz tutdi. Bugun biz biror narsani hal qilishimiz kerak bo‘lgan vaziyatdamiz”, degan Putin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 dekabr kuni Rossiya yetakchisi AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan xavfsizlik, NATOning sharqqa, jumladan, Ukraina hisobiga kengayishi, kibersferadagi o‘zaro hamkorlik va Eron muammosi kabi mavzularni muhokama qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr