Putin Yerevanga borishdan avval Aliyev bilan gaplashib oldi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 23 noyabrga rejalashtirilgan Yerevanga safaridan avval ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, Armaniston-Ozarbayjon chegarasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha Armaniston bilan uch tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

“31 oktyabr kuni Sochida Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni amaliy amalga oshirish masalalari, shuningdek, uch davlatning oliy darajadagi oldingi qo‘shma bayonotlari ko‘rib chiqildi. Ozarbayjon-Armaniston chegarasida xavfsizlikni ta’minlash va Janubiy Kavkazda transport aloqalarini tiklash bo‘yicha ishlarni uch tomonlama formatda davom ettirish muhimligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, davlat rahbarlari energetika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan. 

Oktyabr oyida Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvdan so‘ng Putin qo‘shma bayonot bo‘yicha kelishib olganliklarini e’lon qilgan edi. Shuningdek, u uchrashuv foydali bo‘lganini va bu butun vaziyatni hal qilish yo‘lida keyingi qadamlar uchun sharoit yaratayotganini ta’kidladi.
 
Bugun, 23 noyabr kuni Putin Yerevanda KXSHT sammitida ishtirok etadi. Avval xabar qilinganidek, sammit doirasida uning Pashinyan bilan ikki tomonlama muzokaralari rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ozarbayjon Armaniston KXShT

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing