Putin yangi hukumat tuzilmasini tasdiqladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumat tuzilmasi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Uning matni Kreml saytida e’lon qilindi.

Federal ijroiya organlarining tuzilmasi to‘g‘risidagi farmonda hukumat boshlig‘i, avvalgidek, 10 nafar, shu jumladan birinchi o‘rinbosarlardan iborat bo‘lishi belgilandi.

Bosh vazirning bir o‘rinbosari bu lavozimni Prezidentning Uzoq Sharq okrugidagi vakolatli vakili lavozimi bilan, biri esa hukumat apparati rahbari bilan birlashtiradi.

Biroq, yangi farmonda, avvalgisidan farqli o‘laroq, Denis Manturov avvalgi hukumatda ishlagan Bosh vazir o‘rinbosari – sanoat va savdo vazirining qo‘shma lavozimi yo‘q.

Putinning inauguratsiyasidan so‘ng RBK'ning uchta manbasi yangi hukumatda Manturov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolishini, biroq Sanoat va savdo vazirligini boshqarishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

RBK'ning ikki suhbatdoshiga ko‘ra, uning o‘rniga vazirlik rahbari lavozimiga Kaliningrad viloyati gubernatori Anton Alixonovning nomzodi ko‘rib chiqilgan. 

Ma’lumot uchun, Denis Manturov 12 yil davomida Sanoat va savdo vazirligi rahbari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati 7 may kuni mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasidan so‘ng darhol iste’foga chiqqandi. Vladimir Putin Davlat Dumasiga Mixail Mishustinning mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzodini тақдим etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin hukumat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing