Putin yadroviy doktrinani o‘zgartirmoqchi

Olam

image

G‘arbda “yadroviy quroldan foydalanish chegarasining pasayishi” fonida Rossiya yadroviy doktrinasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda 20 iyun kuni Vladimir Putin Vetnamga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Biz hali ham yadroviy doktrinada nimani va qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida o‘ylayapmiz. Negaki, har holda biz potensial dushmanlarimiz bu masala yuzasidan ishlar olib borayotganini bilamiz. Ular yadro qurolidan foydalanish chegarasini pasaytirish bilan shug‘ullanmoqda”, deb yozadi “Forbes” nashri Putinning Moskva qanday holatda yadroviy doktrinasini o‘zgartirishga tayyor bo‘ladi, degan savolga bergan javobidan iqtibos keltirib. 

Ma’lumot o‘rnida, yadroviy quroldan foydalanish chegarasini pasaytirish deganda Putin NATO davlatlarini ushbu ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash bo‘yicha cheklovlarni yumshatish ishlarini olib borishda ayblamoqda.

Putin ta’kidlaganidek, Rossiya doktrinasiga profilaktik yadro zarbasini kiritishning hojati yo‘q, chunki uning o‘ta katta ishonch bildirishicha, javob zarbasida dushman yo‘q qilinishi kafolatlanadi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari yadro kuchlarini shay holatga keltirish xususidagi bayonotlar bilan yadroviy keskinlik atrofidagi haroratni ko‘tarib, vaziyatni keskinlashtirmoqda va jang maydonida Rossiyaning strategik mag‘lubiyatiga erishmoqchi. 

Bundan tashqari, Putin Rossiya uchun strategik mag‘lubiyat davlatchilikning to‘xtashi va Rossiya davlatining ming yillik tarixining tugashi degan ma’noni anglatishini ham qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, 18 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov NATOning yadroviy kuchlarni jangovar shay holatga keltirish rejalari munosabati bilan Rossiya o‘zining yadroviy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida Rossiya Mudofaa vazirligi strategik bo‘lmagan yadroviy kuchlar mashqlarining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. Uning doirasida bunday qurollardan jangovar foydalanish masalalari ishlab chiqiladi. Mashqlarning birinchi bosqichida raketa tuzilmalari va aviatsiya “Iskandar” majmuasi va “Kinjal” gipertovushli raketalari uchun maxsus o‘q-dorilarni olish bo‘yicha mashq qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu doktrinaga birinchi bor o‘zgartirishlar kiritilishi emas. 2020 yil iyun oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Yadroviy to‘siqlar sohasida davlat siyosati asoslari to‘g‘risidagi” hujjatni tasdiqlagandi. Ushbu hujjat yadro qurolidan foydalanish shartlarini kengaytirdi. O‘zgarishlar yadro qurolidan foydalanishga sabab bo‘luvchi yangi ikki asosni taqdim qildi. Bular quyidagilar edi:

  • Rossiya va uning ittifoqchilari hududiga hujum qiluvchi ballistik raketalar uchirilganligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot olish;
  • Dushmanning Rossiya Federatsiyasining muhim davlat va harbiy ob’ektlariga ta’siri, ularning muvaffaqiyatsizligi yadroviy kuchlarning javob harakatlarining buzilishiga olib keladi.

Maqola muallifi

Teglar

NATO Putin yadroviy doktrina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing