Putin yadro quroli borasida hazillashmayapti – Bayden dunyoni Rossiya tahdididan ogohlantirdi
Olam
−
07 Oktabr 2022
9976Dunyodagi vaziyat shu taxlit davom etsa, Karib dengizi inqirozidan keyin dunyo birinchi marta yadro qurolidan foydalanish tahdidiga duch keladi. Bu haqda AQSH Prezidenti Joy Bayden 6 oktyabr kuni Demokratik partiyaning tadbirida so‘zlagan nutqida gapirgan.
“Kubadagi raketa inqirozidan keyin birinchi marta, agar vaziyat haqiqatan ham rivojlanayotgan yo‘lda davom etsa, biz yadro qurolidan foydalanish tahdidiga duch kelyapmiz”, dedi Bayden.
Oq uy rahbari, shuningdek, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni yaxshi bilishini ta’kidladi, shuning uchun u taktik yadro qurollari, biologik yoki kimyoviy qurollardan potensial foydalanish haqida gapirganda hazillashmaydi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Bayden taktik yadro qurolidan foydalanish keng ko‘lamli yadro urushiga olib kelmaydigan vaziyatni tasavvur qila olmasligini ta’kidladi.
“Menimcha, taktik yadro qurolidan osonlikcha foydalanish Armageddon (“Apokalipsis”da oxirzamonda yaxshilik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi so‘nggi jang bo‘lgan joy zikr qilingan – tahr.) bilan tugamaydi”, deydi Bayden.
Bayden joriy yilning 21 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, Moskva “Yevropaga qarshi yadro qurolini qo‘llash bilan ochiq tahdid qilgani va yadro qurolini tarqatmaslik rejimining majburiyatlarini o‘ylamasdan mensimagani”ni aytdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Amerika yetakchisining nutqini “odobsizlik” deb atadi va u “Rossiya prezidentiga “mamlakatimiz dunyoni yadro quroli bilan tahdid qilmoqda” degan so‘zlarni aytganini” aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Putin xalqiga murojaati davomida, u Rossiya xavfsizligiga tahdid qiluvchilarga yadroviy qurol bilan javob berishdan ham tap tortmasligini aytgan edi.
LiveBarchasi