Putin va Zelenskiyning Turkiyada uchrashishi hozircha mumkin emas – Anqara

Olam

image

Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning Turkiyada uchrashishi hozircha mumkin emas. Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning muzokaralarini o‘z mamlakatida tashkil etish taklifi o‘z kuchida qolmoqda, ammo buning uchun hozircha hech qanday shart yo‘q. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni “A-Haber” telekanalida uning rasmiy vakili Ibrohim Kalin ma’lum qildi. 

“Prezidentimizning taklifi hamon kuchda. Biroq, uning fikricha, Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarida referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarordan so‘ng, Putin bu istiqbolga salbiy qaraydi, Ukraina tomoni esa, o‘z navbatida, anneksiya tugatilmaguncha, muzokaralar olib bormasligini aytdi”, deydi Kalin. 

Ukrainadagi mojaroning davom etishi haqidagi fikrni bildirgan Kalin, Ukrainada tinch yo‘l bilan yechim topish uchun harakat qilayotgan yagona davlat Turkiya ekanini urg‘uladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing