Putin va Zelenskiyni “yarashtirish” Rim papasiga qoladigan ko‘rinadi

Olam

image

Rim papasi Fransisk Vatikanda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida mojarolarni hal qilish uchun muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bu haqda bugun, 25 oktyabr kuni kuni Butunjahon keksa imonlilar ittifoqi raisi Leonid Sevastyanov pontifik bilan shaxsiy suhbatiga tayanib ma’lum qildi. 

Avvalroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Rim papasi va AQSH rahbariyatini Ukraina bo‘yicha muzokaralarga uni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini topish nuqtai nazaridan jalb etish taklifini olqishlashini ma’lum qilgandi. 

“Peskovning munosabati Rim papasi ham muzokarachi sifatida Rossiyaga mos kelishini aniq ko‘rsatdi. Ba’zi harakatlar, birinchi navbatda, Rossiya tomonidan boshlanishi kerak. Rim papasi menga shunday vositachi bo‘lishga tayyorligini tasdiqladi. Vatikanni muzokaralar platformasi sifatida taqdim etishga tayyor, birinchi navbatda Putin va Zelenskiy o‘rtasida. Davra suhbati shaklida: Rim papasi, Putin va Zelenskiy. Pontifik moderator sifatida harakat qilishga tayyor. Va Prezidentlar mavzularni muhokama qilishlari mumkin, masalan, o‘t ochishni to‘xtatish, armiyalarning qandaydir bo‘linishi haqida, keyin esa ko‘proq global narsalarni muhokama qilish mumkin”, deydi Sevastyanov. 

Agentlik suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, bunday muzokaralardan so‘ng Rim papasi konferensiya o‘tkazishni taklif qilmoqda, unda Ukraina va Rossiya tomonlaridan tashqari AQSH va Yevropa davlatlari vakillari ham ishtirok etadi. 

“Yevropada xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada har kim xavfsizlikning qandaydir yangi shakli bo‘yicha kelishib olishi kerak. Vatikan o‘z hududida istalgan formatdagi har qanday konferensiyani o‘tkazish uchun Rimda yetarli infratuzilmaga ega”, deydi Sevastyanov.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rim papasi Fransiskdan Ukraina inqirozining yakunini yaqinlashtirish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Patriarx Kirillga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Rim papasi

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing