Putin va Trampning uchrashish joyi haqida gapirishga hali erta – Peskov

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va respublikachi Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng uning ehtimoliy uchrashuvi qayerda bo‘lishi haqida gapirishga hali erta. Bu haqda bugun, 13 yanvar kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning ushbu bayonotiga oxirgi kunlarda Serbiya, Shveysariya va boshqa davlat rasmiylarining Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuvning manzili sifatida o‘z mamlakatlarini ko‘rsatishi sabab bo‘ldi.

“Ko‘pgina davlatlar o‘z hududlarini taxminiy aloqalar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joylar sifatida taklif qilmoqda. Bu mavzu haqida gapirishga hali erta, chunki hali muzokaralarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotgani yo‘q”, degan u.

U ushbu masalaga Vashingtondagi ma’muriyat o‘zgargandan keyin ko‘proq to‘xtalishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi vakili Nikolas Bido joriy yilning 10 yanvar kuni chop etilgan mahalliy “Le Temps” nashriga bergan intervyusida AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida kutilayotgan uchrashuv Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgandi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Shveysariya AQSH va Rossiya rahbarlarining sammitini so‘rasa, uni o‘tkazishga tayyor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tramp Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing