Putin va Si Szinpin videoaloqa orqali suhbatlashadi
Olam
−
25 iyun 2021 6550 1 daqiqa
Xitoy Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 28 iyun kuni videoaloqa orqali suhbat o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, suhbat Rossiya va Xitoy o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Xabarga ko‘ra, davlat rahbarlari o‘zaro tabriklar almashadi hamda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini baholaydi.
Shuningdek, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin videoaloqa orqali XXRda yangi atom energiya bloklari qurilishini boshlab bergandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr